O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston - Turkiya: Farmatsevtika sohasida aloqalar mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston - Turkiya: Farmatsevtika sohasida aloqalar mustahkamlanmoqda

23-26-avgust kunlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi mas’ullaridan iborat bir guruh vakillar delegatsiyasi Turkiya davlatida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

Delegatsiya tarkibida Agentlik direktorining Strategik rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi X.Ganiyeva va Dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i O.Babaniyazovlar bo‘lib farmatsevtika va sog‘liqni saqlash sohalarida Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik masalalarida muzokaralar olib borildi.

Tashrif davomida vakillarimiz Anqara va Turkiya shaharlarida bo‘lib Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (İEİS), Tibbiy texnikalarni ishlab chiqaruvchilar uyushmasi, Turkiya Sog‘liqni saqlash instituti (TÜSEB), Turkiya sog‘liqni saqlash xizmatlari sifati va akkreditatsiya instituti (TÜSKA), Istanbul kimyo va kimyoviy mahsulotlar eksportchilari uyushmasi (İKMİB), Turkiya sog‘liqni saqlash sanoati ish beruvchilar uyushmasi (SEİS) vakillari bilan uchrashib, har bir tashkilot faoliyati, vazifalari va majburiyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Shu bilan bir qatorda vakillarimiz Turkiya Dori vositalari va tibbiy buyumlar tashkiloti rahbari Dr. Asım Hocaoğlu bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida

Dr. Asım Hocaoğlu O‘zbekistonlik farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar Turkiya davlatida o‘z mahsulotlarini qayd qilish uchun kerak bo‘ladigan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, laboratoriya tekshiruvlari, GxP talabi bo‘yicha inspeksiya o‘tkazish talab va shartlari haqida batafsil ma'lumot berib o‘tdi. Uchrashuv yakunida tashkilotlar o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Turkiyada ishlab chiqarish va eksport salohiyati jihatda yuqori o‘rinlarda turuvchi “Abdi Ibrahim“ kompaniyasi bilan O‘zbekistonda Gormonal kontratseptiv dori vositalarini ishlab chiqarish va Tibbiy texnikalar ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lgan “PediTST” korxonasi bilan yurtimizda tibbiy texnikalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech