O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Polshaning "Polpharma" kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Polshaning "Polpharma" kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston farmasevtika bozoriga qiziqish bildirayotgan kompaniya bu qiziqishning amaliy isboti sifatida hozirda bozorning marketing tahlilini o‘tkazayotganini ma’lum qildi.

Agentlik direktori A.Azizov o‘z navbatida yurtimiz farmasevtika bozorining bugungi holati haqida ma’lumot berdi. So‘ngra mahalliylashtirish orasida xorij kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish rejalari, mazkur kompaniyalar uchun “Tashkent Pharma Park” ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasterida yaratilgan sharoitlar haqida so‘zlab, Polpharma vakillarini klasterga taklif qildi.

Ma’lumot uchun: Polpharma SA farmasevtik kompaniyasining zavodi Starograd Gdanskda joylashgan bo‘lib, mazkur kompaniya kardiologiya, gastroenterologiya va nevrologiyada qo‘llaniladigan preparatlarni va reseptsiz sotiladigan boshqa dori vositalarini ishlab chiqaradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech