O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Shinjon mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Shinjon mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi E.Tuniyaz boshchiligidagi delegatsiya uch kundirki O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turibdi. Joriy yil 30 mart kuni Toshkent shahrida Shinjon mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri A.Aripov, Bosh vazirining o‘rinbosari J. Xodjayev, Sog‘liqni saqlash vaziri A,Xudayarov, Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov hamda bir qancha vazirlik idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 28 mart kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz boshchiligidagi делегациясини қабул қилган эди. (https://president.uz/uz/lists/view/7121)O‘zbekiston Prezidenti Xitoy bilan hududlararo hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar borligini qayd etdi.

O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va barcha sharoitda strategik sheriklik munosabatlaridagi bugungi yuksak daraja katta mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zbekistonning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni bilan tovar ayirboshlashi oshmoqda – bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘zaro savdosining qariyb 10 foizi shu hududga to‘g‘ri keladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech