O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Talabga javob bermaydigan ishlab chiqarishlar uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi.

Talabga javob bermaydigan ishlab chiqarishlar uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi.

Jumladan, endilikda ushbu harakatlar odamlar o‘limiga yoki boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, aybdorga 7 yildan 12 yilgacha qamoq jazosi xavf soladi.

Jinoyat kodeksiga xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirishga oid o‘zgartirish kiritildi. Kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq, iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoxud o‘tkazganlik, ishlarni bajarganlik yoki xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin (muqaddam faqat jarima, majburiy jamoat yoxud axloq tuzatish ishlari).

Ushbu harakatlar badanga o‘rtacha og‘ir yoxud og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa yoxud:
• juda ko‘p miqdorda;
• bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
• takroran yoki xavfli residivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Xuddi shu harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadi (ilgari 3 yildan 7 yilgacha).

Ushbu harakatlar:
• odamlar o‘limiga;
• boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadi (ilgari 7 yildan 10 yilgacha).

Bundan tashqari, etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan жазоланади. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech