O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Abdi İbrahim” kompaniyasi bosh direktori Tashkent Pharma Park klasteriga qiziqish bildirdi.

“Abdi İbrahim” kompaniyasi bosh direktori Tashkent Pharma Park klasteriga qiziqish bildirdi.

Innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasterini ko‘zdan kechirar ekan, Nezix Barut regulyator organlar, ilmiy markaz, laboratoriyalar, institutlar, ishlab chiqarish maydonlarini o‘zida birlashtiruvchi mazkur loyihaning Markaziy Osiyoda unikal ekanini ta’kidladi. Tashrif yakuniga ko‘ra tomonlar hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun uchrashishga kelishib olishdi.

Ma’lumot uchun:
Turkiya farmasevtik bozori yetakchisi “Abdi İbrahim” kompaniyasi mazkur sektorda yuz yillik tajribaga ega bo‘lib, qandli diabet, tuberkulyoz, OIV, kardiologik, psixonevrologik, gastroentrologik, ginekologik, endokrin va boshqa kasalliklarni davolash va oldini olishda ishlatiluvchi 100 dan ziyod turdagi preparatlarni ishlab chiqaradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech