O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Tendensiya va Imkoniyatlar” mavzusida online forum bo’lib o’tdi.

O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Elchixonasi hamda Sog‘liqni Saqlash Vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi shu yilning 9 fevral kuni video konferens aloqa orqali “O‘zbekiston Farmatsevtika Sanoati: Tendensiya va Imkoniyatlar” mavzusida online forum bo’lib o’tdi.

 Onlayn forumda Osiyo yuragidagi farmatsevtika sanoati haqida qimmatli maʼlumotlarga ega boʻlish uchun noyob imkoniyat, biznes istiqbollarini oʻrganish, oʻzaro fikr almashish, hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 Forumni O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Elchixona vakili ochib berdi. So‘ngra, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov “O‘zbekistonda farmatsevtika biznesidagi tendentsiyalar va imkoniyatlar” mavzusida forum ishtirokchilari uchun taqdimot namoyish etdi. Taqdimotda hozurgi kundagi O‘zbekiston toboro rivojlanib borayotganiga muvofiq, farmatsevtika sanoatida ham ko‘zga ko‘rinarli islohotlar amalga oshirilayotgani, bundan tashqari O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgani bir qancha strategik qulayliklarni taqdim etishi, O‘zbekistonda chet-el investorlari uchun yaratilgan imkoniyat va afzalliklar, kadrlar masalasi va boshqa muhum mavzular tilga olindi.

 Forum davomida Buyuk Britaniyaning “Hamdo'stlik Dorixonalar Assotsiatsiyasi” (Commonwealth Pharmacy Association) mutaxassisi hamda “Stephen Simeon LTD” rahbari janob Biyi Oloko hozirgi vaqtda Afrika davlatlariga investorlik qilayotgani shu bilan birga unda O‘zbekiston Farmatsevtika Sanoati alohida qiziqish uyg‘otayotgani haqida o‘zining iliq fikrlarini bildirdi. Shu yilning mart oyida O‘zbekistonga bo‘ladigan biznes tashrifi haqida ham aytib o‘tdi. Bu fikrga, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov qo‘shimcha sifatida janob Biyi Oloko bilan uchrashish hamda “Tashkent Pharma Park” Ilmiy innovatsion ishlab chiqarish kalsteriga tashrif buyurish taklifini kiritdi.

 Forumda, Buyuk Britaniyaning Sandrland va De Montfort universtetlarining rahbariyat hodimlari ham ishtirok etdi va ular O‘zbekistonda tashkil etilgan Farmatsevtika Texnik Universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatganliklarini hamda bu hamkorlik o‘z o‘rnida Farmatsevtika Sanoatiga ham o‘z tasirini ko‘rsatayotganligi aytib, ikki tomonlama hamkorlikdan judayam mamnun ekanliklarini ma’lum qilishdi.

 Forum yakunida tomonlar forum haqidagi o‘zlarining iliq fikrlarini hamda bu hamkorlik ikki davlat uchun birdek foydali va sermahsul bo‘lishini takidladilar. 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech