O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Tinglovchilarga sertifikat topshirildi.

Tinglovchilarga sertifikat topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 noyabrdagi “Farmasevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5229-sonli Farmoni hamda 2019 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston respublikasi farmasevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4554-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida 2019 yildan buyon maxsus o‘quv-kurslar tashkil qilinib kelinmoqda.

O‘quv kurslarda tinglovchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tasdiqlangan xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilgan davlat standartlari va farmasevtika sohasining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim asosida malaka oshirmoqdalar.

"Zarur dorixona amaliyoti" (GPP);
"Zarur distribyutorlik amaliyoti" (GDP);
"Zarur ishlab chiqarish amaliyoti" (GMP);
"Zarur klinika amaliyoti" (GCP);
"Zarur laboratoriya amaliyoti" (GLP);
"Zarur farmakonazorat amaliyoti" (GVP);
 Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasining qonuniy asoslari;
ISO-13485 (GOST ISO 13485-2017) Tibbiy mahsulotlar. Sifatni boshqarish tizimlari. Tartibga solish maqsadlariga qo‘yiladigan talablar.

Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruza va mashg‘ulotlar respublikamiz farmasevtika sohasining malakali fan doktorlari va fan nomzodlari, sohaning yetakchi mutaxassislari tomonidan olib boriladi.

Tinglovchilarga malaka oshirish kursi yakunida o‘tkaziladigan test sinovlari natijalari asosida, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlangan shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Bugun "Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP) yo‘nalishi bo‘yicha maxsus o‘quv kursini tugatgan tinglovchilarga sertifikat taqdim etildi. Bugungi kunga qadar Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan kurslarda 2000 dan ortiq tinglovchi malaka oshirib, tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan.

Farmagentlik axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech