O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori UNICEF tashkiloti vakili bilan uchrashdi.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori UNICEF tashkiloti vakili bilan uchrashdi.

Muloqot davomida UNICEF xalqaro tashkiloti vakili Murod Ro‘ziyev tomonidan respublika farmasevtika sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlar e’tirof etilib, aholi va tibbiyot tashkilotlarini sifatli farmasevtika mahsulotlari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi.

Xususan, farmasevtika mahsulotlari bo‘yicha davlat xaridlarida mavjud muammolar, ularni hal etish yo‘llari, jahon tajribasida qo‘llanilayotgan mexanizmlar va strategiyalarni O‘zbekistonga tatbiq etish borasida muhokama qilindi.

Davlat xaridlarini shaffof tashkil etishda tadqiqotlar o‘tkazish, bunda malakali mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish, xarid jarayonlariga xalqaro standartlarni joriy etish zarurligi haqida aytib o‘tildi. Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida amalga oshirish zarur bo‘lgan vazifalar va rejalar bo‘yicha “yo‘l haritasi”ni ishlab chiqish, hamkorlikda ishlarni tashkil etishga kelishib oldilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech