O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida “UVENTO” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida “UVENTO” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida “UVENTO” kompaniyasi vakillari kompaniya tibbiy buyumlar va dori-darmonlar ishlab chiqarishi, kuyishlarda tananing turli qismlaridagi jarohatlarda tanani qayta tiklantiradigan tibbiy mahsulotlar, ularni sinovdan o‘tkazish va kelgusidagi reja hamda maqsadlariga to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Agentlik direktori yurtimiz farmasevtika bozorining joriy holati haqida ma’lumot berib, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish uchun eng istiqbolli yo‘nalishlarni qayd etdi. O‘zbekiston farmasevtikasining bugungi holati, sohaga investisiya kiritish shartlari, yurtimizda horijiy kompaniyalarga yaratilgan imkoniyatlar, yengillik va imtiyozlar masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar potensial loyihani muhokama qilish uchun istiqbolli hamkorni aniqlash maqsadida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga “UVENTO” kompaniyasidan materiallar taqdim etishga kelishib oldilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech