O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Xitoyning ishbilarmon doira vakillari "Tashkent farma park" klasterida bo‘ldi.

Xitoyning ishbilarmon doira vakillari "Tashkent farma park" klasterida bo‘ldi.

III Toshkent Xalqaro Investisiya Forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan Xitoy Xalq Respublikasi Sinszyan va Tyanszin savdo palatasi raisi Lin Qing boshchiligida Xitoyning 30 ga yaqin ishbilarmon tadbirkorlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalari, shu jumladan farmasevtika kompaniyalari vakillari "Tashkent Farma Park" innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasterida bo‘ldi.

Tashrif davomida Agentlik direktori A.Azizov xitoylik tadbirkorlarni farmasevtika klasteri bilan yaqindan tanishtirdi. “Tashkent Pharma Park”  klasterida ilm-fan, ishlab chiqarish va ta’limni integratsiyalashtirgan holda sifatli dori vositalarini, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, aholining ushbu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, farmasevtika sohasi mutaxassislarini xalqaro ta’lim standartlari asosida va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash rejalashtirilganli shuningdek, 60 gektar yer maydonida Biotexnologik klasterini tashkil etilishi bo‘yicha ham ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Koreyaning Eksim-banki bilan hamkorlikda 4000 nafar talaba uchun universitet, AKT-markazi hamda sport majmuasi barpo etilishi hamda kelgusi yilda 250 o‘rinli shifoxonaga ega klinik tadqiqot markazini qurish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlanishini ma’lum qilindi.

Agentlik direktori A.Azizov yurtimiz farmasevtika bozorining joriy holati haqida ma’lumot berib, ishlab chiqarishni O‘zbekistonda mahalliylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish uchun eng istiqbolli yo‘nalishlarni qayd etdi. O‘zbekiston farmasevtikasining bugungi holati, sohaga investisiya kiritish shartlari, yurtimizda xorijiy kompaniyalarga yaratilgan imkoniyatlar, yengillik va imtiyozlar masallariga to‘xtalib o‘tildi. Hamkorlik istiqbollari va O‘zbekistonda biznes imkoniyatlari muhokama qilindi.

Suhbat davomida xorijlik vakillar klaster hududidagi sanoat zonasiga qiziqish bildirdi va kelgusida hamkorlikdagi rejalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot va uchrashuvlar belgilanishiga kelishib olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech