Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Germaniyaning “Berlin-Chemie” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Germaniyaning “Berlin-Chemie” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Asosan surunkali kasalliklarni davolashda ishlatiladigan dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mazkur kompaniya vakillari dastlab, O‘zbekiston farmatsevtika sohasidagi qulay sarmoyaviy muhit, investorlar uchun yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar hamda agentlikning faoliyati bilan tanishdilar.
“Berlin-Chemie” Xalqaro tijorat markazi rahbari Heiko Schweigelning taʼkidlashicha, mazkur nemis kompaniyasining O‘zbekiston farmatsevtika bozoriga qiziqishi katta bo‘lib, mamlakatimizning Markaziy Osiyodagi geografik jihatdan qulay joylashuvi, qo‘shni davlatlarga eksportni amalga oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar ularni bu bozorga kirishga rag‘batlantirmoqda.
Xususan, “Berlin-Chemie” kompaniyasi kelgusida farm mahsulotlarni O‘zbekistonda to‘lov-shartnoma asosida ishlab chiqarishni yo'lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Agentlik direktori Abdulla Azizov xorijiy kompaniya vakillariga R&D (tadqiqot va ishlanmalar) sohasida tajriba almashish taklifini berdi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, hamkorlik istiqbollari va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlarni qo‘yish masalalari muhokama qilindi.