O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Chexiyaning EXPORTA s.r.o. kompaniyasi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Chexiyaning EXPORTA s.r.o. kompaniyasi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov, EXPORTA s.r.o. kompaniyasi direktori Petr Kostka (BB Pharma vakili) hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mas'ul xodimi Kamolxo‘ja Eshnazarov  qatnashdi.

Agentlikka ilk bor tashrif buyurgan Chexiya kompaniyasining asosiy maqsadi, farmatsevtika sohasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xorij kompaniyalari faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularga beriladigan imtiyozlar bilan tanishishdan iborat edi.

Uchrashuv avvalida, Agentlik direktori Abdulla Azizov farmatsevtika sanoatini rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli istiqbollari, yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar bilan tanishtirdi hamda O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan farmatsevtika sanoati sarmoyaviy jozibadorligi haqida ma’lumot berdi. Shundan so'ng tomonlar dori vositalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi muhokamasiga o‘tdi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Chexiya tomoni tez orada dori vositalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi bo‘yicha biznes reja va prezentatsiyasini taqdim etishini bildirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech