Agentlik delegatsiyasi vakillari AQSHda xizmat safari bilan bo‘lib, Phage Futures: USA 2022 tadbirida ishtirok etdi
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Jamshid Eshmurodov boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari AQSHda xizmat safari bilan bo‘lib, Phage Futures: USA 2022 tadbirida ishtirok etdi.
Joriy yilning 16-17 kunlari AQSHning Boston shahrida bo‘lib o‘tgan mazkur konferensiya jahonning biotexnologiya, farmatsevtika sohasi vakillari va mazkur soha regulyatorlar organlarining yetakchi mutaxassislarini bir joyga jamladi.
Mikrobioma preparatlarini ishlab chiqish va rivojlantirish bo‘yicha asosiy yangiliklar yoritilgan tadbirda agentlik ekspertlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyoda bakteriofagga FDA sertifikatiga ega bo‘lgan yagona korxona «Aziya immunopreparat» MCHJ vakillari ham ishtirok etishdi. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari jahonda ilg‘or ekanliklarini va boshqa davlatlardagi soha vakillari tomonidan eʼtirofga sazovor bo‘lganliklarini taʼkidlash joiz.
Aytish darkorki, ushbu tadbir biznes tarmog‘i va tadqiqot aloqalari uchun eshiklarni ochuvchi muhim konferensiyalardan bo‘lib, sohada mavjud muammolar uchun samarali, xavfsiz va hayotiy yechimlarni taklif etish imkonini beradi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati