Agentlikda Hindistonning “Classic Industries and Exports Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 1 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Hindistonning “Classic Industries and Exports Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Jamshid Eshmuradov shuningdek, “Classic Industries and Exports Ltd” kompaniyasi boshqaruvchi direktori Navin Kapur hamda kompaniya vakili Roza Gazizovalar ishtirok etishdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida Agentlik direktori o‘rinbosari mehmonlarni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyati bilan tanishtirar ekan O‘zbekistondagi qulay sarmoyaviy muhitlar, investorlar uchun yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar haqida so‘z yuritib, Respublikada joylashgan EIZlar va “Tashkent Pharma Park” klasterida investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari haqida maʼlumot berdi.
Shundan so‘ng , Janob Kapur uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatiga berilayotgan eʼtiborni alohida taʼkidladi hamda ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish istagini bildirdi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati