O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Andijonda “InnoWeyek-2022” innovatsion g‘oyalar hududiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti binosida “InnoWeek-2022” innovatsion g‘oyalar hududiy ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Mazkur ko‘rgazmada Andijon viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi vakillari ham ishtirok etishmoqda. Agentlik stendida viloyatda ishlab chiqarilayotgan farmatsevtik mahsulotlar o‘rin egalagan.

Maʼlumot uchun, “InnoWeek”dan ko‘zlangan maqsadlar:

- davlat organlari, erkin iqtisodiy va kichik tadbirkorlik subyektlari, texnopark va xususiy tadbirkorlik muassasalari va shu bilan birgalikda, iqtisodiyotning real sektorlari bilan ilmiy akademik va sanoat ilmiy tadqiqotchilik muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni chet elning yetakchi sarmoyador fondlari, innovatsion markazlari va boshqa tashkilotlari ishtirokida mustahkamlash;
- O‘zbekiston va rivojlangan mamlakatlarda texnologiyalar transferi jarayonini, shuningdek, iqtisodiyot va xususiy tadbirkorlikni real sektor korxonalarida ishlab chiqishni amalga oshirish natijalari bilan amaliy tanishib chiqishni taʼminlash orqali ichki innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni tijoratlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- innovatsion g‘oyalarni, texnologiyalar va loyihalashda va ishlab chiqishda va joriy etishda sarmoyalarni keng jalb etish, davlat va xususiy sektorlardagi yutuq va ilm-fanni ichki va tashqi bozorda amalda samarali tatbiq etish;
- sanoat korxonalarini jadal takomillashtirishga, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xususiy tadbirkorlar va investorlar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirishga yo‘naltirilgan mintaqaviy va xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
- xalqaro investitsion forumlar, davra suhbatlari, seminarlar, mahorat darslari va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
- ilmiy tadqiqotlar, innovatsion va ixtirochilik g‘oyalari, texnologiyalari va loyihalari uchun doimiy faoliyat ko‘rsatadigan va to‘ldirilgan axborot bankini yaratish.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech