O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Assalomu alaykum, muhtaram ustozlar va murabbiylar!

Assalomu alaykum, muhtaram ustozlar va murabbiylar!

Avvalo, Siz azizlarni, sizlarning timsolingizda ustoz degan sharafli nomni ulugʻlab kelayotgan yurtimizdagi barcha insonlarni Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklayman.

Buyuk bobomiz Alisher Navoiy aytganlaridek, dunyoning bor boylik va xazinasi bilan ham oliyjanob mehnatingiz haqini ado etib boʻlmaydi. Haqiqatan ham, oʻquvchilarini oʻz farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun koʻz nuri, qalb qoʻri, butun borligʻini baxsh etadigan oʻqituvchi va murabbiylar tom maʼnoda fidoyi kasb egalaridir.

Mamlakatimiz oʻz taraqqiyotining yangi davriga qadam qoʻygan hozirgi kunda zamonaviy davlatlar qatoridan munosib oʻrin egallashi avvalo ilm-fan va taʼlim-tarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatdosh boʻla olishimiz bilan uzviy bogʻliq, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Siz, aziz oʻqituvchi va murabbiylar sizlarning bergan bilim va tajribangiz, isteʼdod va mahoratingizga suyanamiz. Shu oʻrinda farmatsevtika sohasi rivojida o'z hissasini qo'shib, Agentlik tizimida ham uzoq yillar faoliyat koʻrsatib, bugungi kunda shogirdlariga oʻz maslahatlarini ayamay, yosh kadrlar bilan yelkama-yelka xizmat qilayotgan ustoz faxriylarimiz hissasi beqiyosdir.

Muhtaram oʻqituvchi-murabbiylar, aziz ustozlar!

Sizlarni 1-oktyabr – oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga uzoq umr, baxt-saodat, xonadoningizga fayzu-baraka, barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi ezgu ishlaringizga ulkan zafarlar tilayman.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech