O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi COVID-19ga qarshi vaksinaning uchinchi bosqich klinik sinovlarini to‘xtatdi

AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi Oksford universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqqan COVID-19 ga qarshi vaksinaning uchinchi bosqich klinik sinovlarini Buyuk Britaniyadagi bir ishtirokchida jiddiy nojo‘ya taʼsiri paydo bo‘lishiga shubha tufayli to‘xtatdi.

Maʼlumki, ushbu jarayonga AQSHning o‘nlab tibbiyot markazlari jalb etilgan. AstraZeneca kompaniyasi matbuot kotibining maʼlum qilishicha, standart xavfsizlik tekshiruvi emlash jarayonida pauza keltirib chiqargan.

Kompaniyaning o‘zi tadqiqotni to‘xtatdimi yoki bunda regulyator organlar aralashuvi bormi hozircha noaniq. Nojo‘ya taʼsirning tabiati va u qachon yuz bergani haqida hali ham aniq maʼlumot yo‘q. Biroq, kompaniya vaksinasining klinik sinovlarida ishtirok etayotgan inson albatta tiklanishi haqida aytilmoqda.

Kompaniya Matbuot xizmati ushbu vaziyatni “har qanday tadqiqotlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holat” deya taʼriflamoqda. “Klinik sinovlar muddatiga taʼsirni minimallashtirish maqsadida mazkur holatni ko‘rib chiqishni tezlashtirish ustida ish olib borilmoqda”, deya qo‘shimcha qildi Matbuot xizmati vakillari.

Vaziyat bilan xabardor kishi, bu AstraZeneca vaksinasining boshqa davom etayotgan sinovlariga va boshqa vaksina ishlab chiqaruvchilarining klinik sinovlariga taʼsir qilishi mumkinligini aytdi.

Darhaqiqat, klinik sinovlarning bunday to‘xtatib turilishi tadqiqotlarda odatiy hol, va u qancha vaqt davom etadi aniq emas. Hozirda uchinchi bosqich sinovlarida 9 ta koronavirusga qarshi vaksinaga nomzodlar bor bo‘lib, AstraZeneca sinovlarni to‘xtatgan birinchi kompaniya.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech