“Avantika Medex Pvt Ltd” (Hindiston) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligida “Avantika Medex Pvt Ltd” (Hindiston) kompaniyasi vakillari Agentlik direktori o‘rinbosari Jamshid Eshmuradov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston hududida yangi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish obyektini jahon standartlari mos ravishda qurish masalasi muhokama qilindi. Mamalakatimizning investitsion jozibadorligi haqida so‘z yuritgan direktor o‘rinbosari, Agentlik o‘z vakolati doirasida ishlab chiqarish quvvatlari katta, yuqori texnologiyaga ega farmatsevtika loyihalarini amalga oshirishda yordam berishga tayyorligini qo‘shimcha qildi.
Hindiston farmatsevtika bozorida yetakchi hisoblangan “Avantika Medex Pvt Ltd” kompaniyasi direktori Lal Babu Singx muzokaralar yakunida ushbu loyihani amalga oshirish uchun yer hududini o‘rganish maqsadida yangi qurilayotgan “Tashkent Pharma Park” klaster zonasiga tashrif buyurish istagini bildirdi. Tomonlar hamkorlikni davom ettirish va loyihani amalga oshirish mexanizmini yaratishga qaror qilishdi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati