Barcha ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga
Barcha ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 avgustdagi "Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida"gi PQ-348-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ishchi organi - "Ozmedimpeks" DM tomonidan qon va uning komponentlarini yig‘ish, saqlash va yetkazish uchun konteynerlar xarid qilinishini e’lon qiladi.
1-ilovada tibbiy buyumning yillik xarid uchun ehtiyoj va bir birlikning boshlang‘ich narxi, 2-ilovada sotib olish rejalashtirilgan tibbiy buyum bo‘yicha texnik topshiriq ko‘rsatilgan. Tovarlarning texnik malakasini amalga oshirish uchun sizdan tijorat taklifingizni texnik muvofiqliq jadvali asosida to‘ldirib, har bir aniq parameterlarni qo‘llab-quvvatlovchi materiallar (yo‘riqnoma, kataloglar, broshyuralar va boshqalar)ni taqdim etishingizni so‘raymiz.
Gʻolib Benefisiarlar tomonidan ishtirokchilarning taqdim etgan takliflarini texnik baholashi va 3-ilovada keltirilgan narx taklifni ko‘rib chiqishi yo‘li bilan aniqlanadi.Tijorat taklifida taklif qilingan narx boshlang‘ich narxdan oshmasligi kerak, bunda AQSH dollari yoki Yevro pul birligida berilgan narxlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha taklifning tugashi sanasidagi milliy valyutaga (so‘mga) nisbatan aniqlanadi.
Ishlab chiqaruvchi bo‘lmagan ishlab chiqaruvchilarning vakolatli distribyutorlari ishlab chiqaruvchidan 4-ilovaga muofiq ruxsatnoma yoki rasmiy kelishuv hujjatini taqdim etishlari kerak. Zarur hollarda "Ozmedimpeks" DM hujjatning haqiqiyligi to‘g‘risida so‘rov yuborishi mumkin.
Yetkazib berish shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun – DDP, ya’ni, xaridorning Toshkent shahridagi ombori, xorijiy yetkazib beruvchilar uchun - DAP - Toshkent.
To‘lov shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda, xorijiy yetkazib beruvchilar uchun – 100% akkreditivli to‘lov.
Shu bilan birga, tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 iyundagi 185-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga qat’iy rioya etishlari talab etiladi. Bunda ishtirokchilar dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji sotish va saqlashga doir farmasevtika faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli lisenziyaga, dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqli sertifikatlariga ega bo‘lishlari va ushbu lisenziya hamda muvofiqlik sertifikatlarini taqdim etishlari shart. Shuningdek, nizomga ko‘ra, taklif etilayotgan tibbiy buyum vositasining narxi, vositachilar sonidan qat’iy nazar, xarid narxining 15 foizidan (import qiluvchilar uchun) va sotish bahosining 15 foizidan (mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun) ko‘p bo‘lmagan miqdorda bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 apreldagi 149-sonli “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalashga javobgarlik mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar va davlat xaridi ishtirokchisiga yuklatiladi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositasi va tibbiy buyum belgilangan tartibda tegishli tashkilotda ro‘yxatga olingan bo‘lishi, shuningdek, farmasevtika mahsulotlarini ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi barcha korxonalar zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP) muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi va ushbu sertifikatni hamda ISO 9001, ISO 13485 ishlab chiqarish standartlariga muvofiqligi bo‘yicha sertifikatlarni taqdim etishi kerak.
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi PF-55-son (4-qism) qaroriga asosan, farmasevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shug‘ullanuvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP) milliy talablariga muvofiq sertifikatga ega bo‘lishi kerak.Tanlovda qatnashish uchun tanlov muddati tugagunga qadar ishtirokchi o‘z taklifini qaytarib olmaslik kafolatini ta’minlash maqsadida, "O’zmedimpeks" davlat muassasasining bankdagi hisob raqamiga g‘olib aniqlangunga qadar taklif etilayotgan tibbiy buyumning e’lon qilingan umumiy xarid summasining 5% miqdorida zakalat o‘tkazishi shart. Zakalat o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan ishtirokchilarning takliflari ko‘rib chiqilmaydi. (6-ilova zakalat shartnomasi)
Tanlov o‘tkazish natijasiga ko‘ra, g‘olib aniqlangandan so‘ng, g‘olib ishtirokchi tomonidan o‘tkazilgan zakalat summasi shartnoma bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilgandan so‘ng g‘olib ishtirkochiga qaytariladi. Gʻolib ishtirokchi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan (shu jumladan bajarishni rad etgan) taqdirda, zakalat summasi qaytarilmaydi, shartnoma shartlarini bajarilmaganlik uchun belgilangan jarimalarni undirishda ushbu summadan ham undiriladi.
Tanlovning g‘olibi (xorijiy ishtirokchi bulgan xolatda) tomonidan tovarlarni yetkazib berishda va tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan sinovdan o‘tkazish zarurati tug‘ilganda, g‘olib shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni kamaytirmagan holda, qo‘shimcha talab qilinadigan miqdordagi tovarlarni (normativ hujjatga muvofiq) sertifikatlash sinovi uchun yetkazib berishi kerak. Bunda sertifikatlashtirish organi tomonidan yetkazib berilgan partiyadan namuna olish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Gʻolib bo‘lmagan ishtirokchilarning zakalat summalari Xarid komissiyasining g‘olib aniqlash xaqidagi qarori chiqganidan so‘ng 10 bank ish kuni ichida qaytariladi.
Takliflarni ilova qilinadigan hujjatlar asosida 2024 yil 3 may kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti) qadar 348_2024@uzmedimpex.uz elektron manzilga yuborilishi kerak. Boshqa elektron pochtaga yuborilgan, kechiktirib taqdim etilgan yoki qog‘ozda taqdim etilgan taklif bo‘yicha hujjatlar inobatga olinmaydi.
Ilova qilinadigan hujjatlar quyidagi:
- 1-ilova (dori vositasi va tibbiy buyum nomi, ehtiyoji, xalqaro nomi);
- 2-ilova (texnik topshiriq bo‘yicha taqqoslama jadval, yetkazib berish muddati va shartlari);
- 3-ilova (tijorat taklifi narxlar ko‘rsatilgan holda);
- 4-ilova (ishlab chiqaruvchidan ruxsatnoma (avtorizatsiya) yoki rasmiy kelishuv hujjati);
- 5-ilova (ishtirokchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli organ tomonidan tasdiqlangan yoki ochiq manbalarga havola);
- 6-ilova (zakalat shartnomasi);
- ishtirokchining vakolatli organlarda ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma yoki boshqa hujjat;
- GDP sertifikati (mahalliy ulgurji yetkazib beruvchilar uchun);
- «ISO: 13485» standarti sertifikati (tibbiy buyumlar va tibbiy asbob-uskunalar uchun);
- vakolatli organ tomonidan soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- Zakalat summasi o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar.