O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Bugun — 25 sentabr – Butunjahon farmasevtlar kuni!

Asosini xalq salomatligini muhofaza qilishdek ezgu maqsad tashkil etadigan sohalar hamisha jamiyatning muhim bo'g'ini sanaladi.

Sog'liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri, bu — fuqarolarni arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlash.

Shu yo'lda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi ham o'z oldiga qo'ygan ezgu maqsadlarga erishib bormoqda.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog'ini jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni agentlikning keyingi istiqbollariga keng yo'l ochdi. Bu esa soha xodimlari faoliyatida ham o'z samarasini bermoqda.

Bugun — 25 sentabr – Butunjahon farmasevtlar kuni!
Ushbu kun har yili butun dunyoda keng miqyosida nishonlanadi. Shu munosabat bilan sog'liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida faoliyat yuritayotgan, xususan, farmatsevtikaga munosib hissa qo'shib kelayotgan barcha xodimlarni Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi nomidan muborakbod etamiz!

Xalqimizning sog'lom hayotini ta'minlashdek mas'uliyatli ishlarda shijoat va barkamollik tilaymiz!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech