O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Xorijiy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari Аssotsiatsiyasi vakillari bilan davra suhbati bo’lib o’tdi

Joriy yilning 26 aprel kuni Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish Аgentligida xorijiy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari Аssotsiatsiyasi vakillari bilan davra suhbati bo’lib o’tdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi PF-5707-sonli “2019-2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog’ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonining mazmun-mohiyatini tushuntirib berish hamda belgilangan imtiyoz va preferentsiyalar bilan tadbirkorlarni tanishtirish.

Yig’ilishda 30 dan ortiq xorijiy farmatsevtika kompaniya vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv moderatori Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish Аgentligi direktori S. Kariev hamda xorijiy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilar Аssotsiatsiyasi raisi M. Аskarova bo’ldi.

Uchrashuv ishtirokchilari bir qator masalalarni muhokama qildilar, jumladan farmatsevtika sanoatida xalqaro standartlarni joriy etish, ochiq saytlarda sertifikatlangan farmatsevtika mahsulotlarining miqdori bo’yicha farmatsevtika mahsulotlarini yetkazib beruvchilarni xabardor qilish, respublikada olib borilayotgan farmnazorat ishlarini keng yoritish, davlat tasarrufidagi laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini xalqaro standartlarga muvofiq modernizatsiya qilish va takomillashtirish, farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlash, davlat xaridlari, shartnoma asosida ishlab chiqarish va brend dori-darmonlar franchayzingi amaliyotini joriy etish, shuningdek, patentlangan ilg’or xorijiy kompaniyalarning savdo nomlarini mahalliy farmatsevtika komppaniyalari tomonidan foydalanishi masalalari ko’rib chiqildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech