O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

BAA kompaniyasi bilan “Tayyor dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi muhokama qilindi

BAA kompaniyasi bilan “Tayyor dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi muhokama qilindi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi binosida Birlashgan Arab Amirliklarining “RG General Trading FZE” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida kompaniya tomonidan O‘zbekistonda “Bo‘stonliq-farm” farmatsevtika erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan “ALPHAONE PHARMACEUTICAL COMPANY“ MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan qiymati 12,4 mln dollarlik “Tayyor dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasining istiqbollari bo‘yicha muzokara olib borildi. Jumladan, “RG General Trading FZE” kompaniyasi tahlillar asosida loyiha qiymatini oshirish rejasi borligini, shu bilan birga, ajratilgan hududni loyiha uchun mos holatga keltirishda yuzaga kelayotgan masalalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.
Agentlik direktori U. Egamov tomonidan ushbu masala Toshkent viloyati hokimligi bilan o‘rganib chiqilib, amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumot berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech