Davlat markazi xodimi Abdukarim Anvarov unifight (universal jang) sport turi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi devonxonasining 2-toifali ish boshqaruvchisi Abdukarim Anvarov Ulug‘bek o‘g‘li Jahon chempioni bo‘ldi.
Maktab paytidan sportga qadam qo‘ygan Abdukarim bugungi kunda ko‘plab yutuqlar sohibi. Hozirga qadar u kikboksing, ushu Sando, unifight sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati chempioni, ikki karra ushu Sando bo‘yicha Osiyo sovrindori bo‘lgan.
Joriy yilning 30 may sanasida unifight sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon chempionatida u g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilib, jahon chempioniga aylandi.
Qahramonimiz bu kabi marralarni zabt etishda hamda ish, o‘qish, sportni birgalikda olib ketishda oilasining ko‘magi, ustozlari Gaydar Aliyevich, Jasur Alijonov, Muhammad Abdurahmonovlarning xizmatlari kata ekanligini taʼkidladi.
Abdukarim kelajakda bundanda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishni va Vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishni niyat qilgan. Abdukarimni ulkan muvaffaqiyat bilan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi nomidan qutlaymiz va hamkasbimizga kelgusidagi ishlarida omadlar tilaymiz!
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati