O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Davlat markazining Qiyoslash laboratoriyasi o‘z faoliyatni kengaytirdi

Xabaringiz bor, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi”da Qiyoslash laboratoriyasi faoliyatini yana-da rivojlantirish maqsadida Amerikalik mutaxassis bilan uchrashuv tashkil qilingan edi. Mazkur masalada Davlat markazi tomonidan yana bir qadam tashlandi.

Joriy yilning 15-16 noyabr kunlari O‘zbekiston akkreditatsiya markazi xodimlari tomonidan Qiyoslash laboratoriyasi faoliyati navbatdagi inspeksiya (baholash) nazoratidan o‘tkazildi.

Baholash natijalariga ko‘ra, Davlat markazining Qiyoslash laboratoriyasi 2022 yil 12 dekabrdan boshlab, tibbiyotda va sanoatda o‘lchashlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan tibbiyot va laborator termometr, kichik va yuqori bosimli manometrlar hamda laborator tarozilarni qiyoslash vakolatiga ega bo‘ldi.

Maʼlumot uchun, Qiyoslash laboratoriyasi inspeksiya (baholash) nazoratidan o‘tganga qadar, 23 turdagi tibbiy o‘lchash vositalarni qiyoslash vakolatiga ega edi.

Eslatib o‘tamiz, yurtimizda faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tibbiyot muassalari rahbarlari, tibbiy o‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish xizmatlari bo‘yicha quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishlari mumkin:

Qiyoslash laboratoriyasi mudiri Abdullayev Nodir Mir-Azimovich tel: 71-203-01-01 (2240) yoki 90 9275917
Maʼsul xodim: Kamilov Olimjon tel: 71-203-01-01 (2240) yoki 97 001-44-77

Davlat markazi Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech