Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Belorusiyaning “Belpharm” MCHJ Xorijiy Korxonasi rahbari Borislav Kazimirovich Voroneskiy bilan uchrashdi.
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Belorusiyaning “Belpharm” MCHJ Xorijiy Korxonasi rahbari Borislav Kazimirovich Voroneskiy bilan uchrashdi.
Maʼlumot uchun: “Belpharm” MCHJ Xorijiy Korxonasi 2019-yilda qurilish va rekonstruksiya ishlarini yakunlab, 2022-yilning dekabr oyida dori vositalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Korxona tomonidan 2 xil turdagi: flakonlarda steril antibiotik kukunlar va qattiq dori vositalari, shu jumladan tabletkalar (qobiq bilan qoplangan va qoplanmagan), kapsulalar va sashe paketlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Korxona GMP hamda GMP/EAEU/BY/ sertifikatiga ega.
Korxona faoliyatini kengaytirish, yangi turdagi dori vositalarini ishlab chiqarish, qoʻshimcha investitsiya jalb qilish va yangi ish oʻrinlarini yaratish masalalari kun tartibidan joy oldi. Shuningdek, korxonaning mavjud holati o‘rganildi va muammolarni ijobiy hal qilish maqsadida tegishli ko‘rsatmalar berildi.