O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dori vositalarini ulgurji va chakana realizatsiya qiluvchi tashkilotlarda Davlat roʻyxatidan oʻtmagan, qalbakilashtirilgan dori vositasini savdosini oldini olish maqsadida XABARNOMA

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiga jismoniy shaxs Gaziyev Feruz Baxodirovich tomonidan Samarqand viloyati hududidagi dorixonalarga “Susef 1.5 g” (Seftriakson-1000/Sulbaktam 500, ishlab chiqaruvchi korxona: “Nectar Lifesciyences Limited” (Indiya), Proiz.lis.№MV/06/456, seriyasi: ATIC190104, ishlab chiqarilgan sanasi: 01.2021, yaroqlilik muddati:12.2024) dori vositasini tarqatib kelinganligi, mazkur dori vositasi “Dori vositasi, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” DUK tomonidan 2023-yil 30-martdagi 235-sonli ekspertiza xulosasiga koʻra “muvofiqlik sertifikati”ga ega boʻlmagan, davlat roʻyxatidan oʻtmagan, qalbakilashtirilgan dori vositasi ekanligi haqidagi rasmiy xabar kelib tushgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻisida”gi Qonunining 18-19 va 20 moddalarida qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish, sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilish hamda ulgurji va chakana realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlab qoʻyilgan.
Amaldagi qonunchilikka koʻra, ushbu huquqbuzarliklar maʼmuriy va jinoiy javobgarliklar bilan bir qatorda litsenziya talab va shartlarining qoʻpol buzilish xolati deb baxolanib, litsenziyani bekor qilinishiga asos boʻlishi haqida Sizlarni OGOHLANTIRIB, huquqbuzarlik xolatiga yoʻl qoʻymaslik va uni bartaraf etish choralarini koʻrishingizni soʻraymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech