O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dorivor o‘simliklar xom ashyosidan mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun bir qator imtiyozlar beriladi

☑️ dorivor o‘simliklar xom ashyosidan biologik faol qo‘shimchalar, essensiyalar va ekstraktlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari hamda biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo va materiallar, qadoqlash materiallari belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha 2025 yil 1 yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinadi;

☑️ dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash uchun foydalaniladigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari, asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar, kimyoviy preparatlar hamda himoya vositalarini olib kirishda qo‘shimcha qiymat solig‘ini 180 kunga kechiktirib to‘lash imkoniyati beriladi;

☑️ dorivor o‘simliklar xom ashyosi hamda undan tayyorlangan biologik faol qo‘shimchalar, essensiyalar va ekstraktlarni eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining eksport uchun sarflangan avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizigacha qismi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplanadi.

Manba: PF-139-son 20.05.2022

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech