O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

DXX chegara hududida o‘sadigan kavrak o‘simligini yig‘ib olish tartibi haqida ma’lumot berdi

O‘zbekistonda chegaraoldi yer maydonlarida (chegaraoldi zonasi, chegaraoldi mintaqasi) mahalliy tilda sassiq kovrak deb yuritiladigan o‘simlik – “Ferula tadshikorum” tojik kovragi)ni yig‘ish bilan bog‘liq murojaatlari ko‘payib borayotgani, joylarda mahalliy aholi orasida mazkur holat yuzasidan tushunmovchiliklar uchrab turibdi. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari matbuot markazi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Matbuot markazi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 11-bandida, o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish tasdiqlangan kvotalar doirasida amalga oshirilishi, ya’ni dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklarning yovvoyi turlarini va yovvoyi o‘simliklar texnik xomashyosini g‘amlashga kvotalar har yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan holda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanishi belgilanganini eslatgan.

Shuningdek, qayd etilishicha kelgusi yil uchun dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklarning yovvoyi turlarini va yovvoyi o‘simliklar texnik xomashyosini g‘amlashga kvotalar tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan 2020-yilning 1-dekabridan 30-dekabriga qadar bo‘lgan davrda bergan buyurtmanomalari asosida shakllantirilib, Fanlar akademiyasiga kelishish uchun yuboriladi. Buyurtmanomalarga asosan 1-apreldan 30-maygacha ushbu o‘simlik turlari zaxiralarining mavjudligi to‘g‘risidagi Fanlar akademiyasining ijobiy xulosasiga asosan, ularni g‘amlash (to‘plash) uchun qo‘shimcha kvotalar ajratilishi mumkin.

2020-yil 10-apreldagi “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar muhofazasini kuchaytirish, ularni tabiiy plantatsiyalarini barpo etish yo‘li bilan tiklash choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarida o‘suvchi, mahalliy tilda sassiq kovrak so‘nggi yillarda yo‘qolib ketish xavfi vujudga kelganligi sababli, 2019-yilda “Qizil kitob”ga kiritilgan.

DXX Chegara qo‘shinlari matbuot markazi yuqorida qayd etilgan va boshqa bir nechta huquqiy-me’yoriy hujjatlarga tayangan holda hamda chegara oldi yerlarda ishlarni amalga oshirish tartibi o‘rnatilganligini inobatga olib, yuridik va jismoniy shaxslar chegaraoldi xududida kovrak o‘simligini yig‘ish bilan bog‘liq masalada, Fanlar akademiyasining xulosasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan kvotalarni ariza-xatiga taqdim etgan holda DXX Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga davlat chegarasi chizig‘i yaqinida ishlarni amalga oshirish maqsadida tegishli ruxsatnoma olish uchun murojaat qilish mumkinligini bildirgan.

Manba

__

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech