O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farg‘ona viloyatida sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari va farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yil 1 dekabr kuni Farg‘ona viloyatida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla  Bozorov va Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov ishtirokida sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari va farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunidan so‘ng Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Nuriddin  Mamajonov  Agentlik direktorini viloyatidagi farmasevtika korxonalari faoliyati bilan tanishtirdi.

Toshloq tumanida joylashgan "Zamin Aziya Farm" MCHJ dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushish arafasida.  Xitoyning  zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda Infuzion eritmalar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish hisobiga 20 mlrd so‘mlik 40 turdan ortiq import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ushbu korxonada  60 ta ish o‘rinlari yaratilgan.

Farg‘ona shahrida joylashgan "AFROSIYOB FARM" tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan tanishdi. "AFROSIYOB FARM" korxonasi rahbari bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlarga berilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘z faoliyatini kengaytirib bormoqda. Infuzion shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqaruvchi "AFROSIYOB SHIFO" MCHJ ishga tushish arafasida. Ushbu korxonada 65 ta ish o‘rinlari yaratilmoqda. Yiliga 2,4 mlrd so‘m mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. "Farmasevtika korxonalariga “GMP” xalqaro standartiga o‘tish va  markirovkalash tizimini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashiladi"-   Shavkat Mirziyoyev. Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning farmasevtika va elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarishni yanada qo‘llab-quvvatlash, korxonalarning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov hududlardagi farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi va  muammolari o‘rganildi. Murojaatlar natijasiz qolmasligi, ijobiy hal etilishiga ko‘maklashiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech