O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmagentlik direktori Sardor Kariyev boshchiligidagi ishchi guruh Turkiya davlatiga tashrif buyurdi

Tibbiyot jihozlari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri, “Medtronic Rlc” rahbariyatining taklifiga binoan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev boshchiligidagi ishchi guruh Turkiya davlatiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan asosiy maqsad — mamlakatimizning farmatsevtika sohasida sifat nazorati tizimini takomillashtirish, dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini innovatsion texnologiyalar asosida shakllantirish borasidagi ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish va tatbiq qilishdan iborat.

Tashrif doirasida ishchi guruhi aʼzolari Turkiyadagi Innovatsion ilmiy markazi hamda yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv markazi faoliyati bilan atroflicha tanishdilar.

Guruh raxbari, Agentlik direktori S.Kariyev tomonidan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha kompaniyaning masʼul xodimlari bilan muzokara o‘tkazildi.

Uchrashuvlar davomida zamonaviy tibbiyot kadrlarini tayyorlash maqsadida O‘zbekistonda xalqaro meʼyorlarga to‘liq mos keladigan innovatsion o‘quv markazini tashkil qilish va uni mukammal darajadagi tibbiy jihozlar bilan taʼminlash borasida fikr almashilib, qator kelishuvlarga erishildi.
Taʼkidlash joizki, “Medtronic Rlc” dunyoda eng yirik tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchisi, tibbiyot va farmatsevtika sohalari uchun zamonaviy o‘quv markazlari yaratish borasida xalqaro nufuzga ega bo‘lgan kompaniya sanaladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech