O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.A.Azizov “Remedy group” MCHJ QK korxonasida bo‘ldi

Joriy yil 23 mart kuni Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.A.Azizov hamda Eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘lim boshlig‘i F.X.Boqiyev Toshkent shahrida joylashgan “Remedy group” MCHJ QK farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldi. Korxona faoliyati bilan tanishildi, amalga oshirilayotgan investisiya loyihalarining holati o‘rganildi.

Korxona faoliyatiga amaliy yordam berish maqsadida mahalliy ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, moliyalashtirish va eksport masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, “Remedy group” MCHJ QK– O‘zbekiston Respublikasi farmasevtika bozorida 2008 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va bugungi kunda mamlakatimizda farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech