O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida AQSHning "DevTech" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"DevTech" kompaniyasi USAID tomonidan moliyalashtirilgan Osiyo farmasevtika ta’minot zanjirining (DAPSC) diversivikatsiyasi loyihasi bo‘yicha Agentlik direktori A.Azizov bilan muzokara o‘tkazdi.

Milliy, mintaqaviy va global ta’minot qaramligini kamaytirish maqsadida USAID Osiyo farmasevtika ta’minoti zanjirini diversifikatsiya qilish (DAPSC) dasturini ishlab chiqdi. Ushbu dastur 2 asosiy maqsadlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, bular:

- Ishlab chiqarishda raqobatbardoshlikni oshirish, boshqaruv va tartibga solish tizimlari texnologiyani ishlab chiqish hamda sifati kafolatlangan tibbiy mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun mahalliy salohiyatni kuchaytirish;

- Investisiyalarni jalb qilish uchun mahalliy farmasevtika sanoatining biznesga tayyorligini va tijorat faolligini oshirishdan iboratdir.

Kompaniya vakillari loyihani joriy holati to‘g‘risida ma’lumot berib, O‘zbekiston farmasevtika sanoatini xorijiy investisiyalarni jalb etish, mahalliy ishlab chiqarish va texnologiyalarni rivojlantirish orqali xalqaro raqobatbardoshligini oshirish mumkinligini ta’kidladi.

Agentlik direktori A.Azizov bu imkoniyatdan foydalanib, bozorning hozirgi holati, mahalliy ishlab chiqarilgan farmasevtik mahsulotlarga ishonchni oshirishga qaratilgan va amalga oshirilayotgan harakatlar hamda kelajakdagi strategiyalar haqida ma’lumot berdi. O‘zbekiston farmasevtika sanoatini birlashtiruvchi yagona raqamli tizim ishlab chiqish zarurligi e’tiborga olinganligini ham ta’kidlab o‘tdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech