O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar diqqatiga!

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi “2022-2026 yillarda respublikaninig farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-55-son Farmoniga asosan, 2022 yil 1 apreldan farmatsevtika sohasida yangi ishlab chiqaruvchi korxonalar, ulgurji va chakana savdo tashkilotlari mos ravishda «Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)», «Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)» va «Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP)» talablariga muvofiq ravishda tashkil etilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan yangi tashkil etilayotgan korxonalar tegishli faoliyatini amalga oshirishda litsenziya olish uchun murojaat etishdan oldin dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti-GMP”, farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji faoliyatini amalga oshirish uchun “Zarur distribyutorlik amaliyoti-GDP”, chakana savdo uchun “Zarur dorixona amaliyoti-GPP” talablarini tatbiq etishlari lozim”.

Buning uchun Siz “Zarur amaliyotlar markazi” DUKka o‘rnatilgan tartibda ariza bilan murojaat etishingiz lozim.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech