Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov agentlik huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda Farmatsevtika texnik universitetining bir guruh olimlari bilan davra suhbati oʻtkazdi.
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov agentlik huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda Farmatsevtika texnik universitetining bir guruh olimlari bilan davra suhbati oʻtkazdi.
Davra suhbatida Toshkent vaktsina va zardoblar ilmiy–tadqiqot instituti, Oʻzbekiston kimyo farmatsevtika ilmiy–tadqiqot instituti hamda Farmatsevtika texnik universiteti olimlari tomonidan hozirgi kunda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va ularning natijalarini amaliyotga jalb etilishi, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan oʻzaro hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Institutda faoliyat koʻrsatayotgan yosh olimlarni chet elning nufuzli ilmiy markazlarida malaka oshirishlarini taʼminlash, Sanofi, Boehringer Ingelheim, Johnson&Johnson, Pfizer, Roche, Novartis, Novo Nordisk kabi dunyoda oʻz oʻrniga ega boʻlgan farmatsevtika ishlab chiqaruvchi korxonalar tajribalarini oʻrganish bilan yangi dori vositalari yaratish va amaliyotga joriy etish yoʻnalishida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Farmatsevtika institutlari talabalarini institut ilmiy ishlanmalarida ishtiroklarini taʼminlash yosh olimlarni shakllantirish ishlarini doimiy ravishda olib borilishi maʼqullandi.
Agentlik rahbari institut olimlari tomonidan rejalashtirilgan ilmiy izlanishlar olib borishlari uchun shart-sharoitlar yaratilishi va ularni qoʻllab-quvvatlash taʼkidlab oʻtildi.