Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Surxondaryo viloyatida
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Surxondaryo viloyatida joylashgan dori vositalari, tibbiy buyumlar ishlab chiqarish korxonalar faoliyatini o‘rganish va ularga amaliy yordam berish maqsadida korxonalarga tashrif buyurdi.
Birinchi tashrif “NOVA PHARM” O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasiga bo'ldi. Bugungi kunda korxona 25-turdagi tabletkali dori vositalari, siroplar, kapsula preparatlarini ishlab chiqaradi.
2024 yilda umumiy qiymati 2,0 mln dollarga teng ineksiya ko‘rinishadigi dori vositalarini va antibiotiklarni ishlab chiqarish yangi loyihasini ishga tushirish arafasida, 2025 yilda umumiy qiymati 1,0 mln dollarlik yumshoq dori turlarini ishlab chiqarish loyihasini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Keyingi manzil Muzrobod tumanida faoliyat yuritayotgan “Alpomish Servis Invest” korxonasi bo'ldi. “Alpomish Servis Invest” korxonasi bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlarga berilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda oʻz faoliyatini kengaytirib bormoqda.
Joriy yil dekabr oyida yana bir ishlab chiqarish korxonasi "Osiyo Darmon servis" XK ish faoliyatini boshlash arafasida. Umumiy qiymati 2 mln dollarga teng mazkur istiqbolli loyiha Xitoydan keltirilgan texnologiyalar asosida bir martalik infuzion sistemalar ishlab chiqarishni rejalashtirilgan.
Ta’kidlash joiz, korxona to’liq quvvat bilan ishga tushishi natijasida 100 ga yaqin ish o‘rinlari yaratiladi.
Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati