O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida bo‘ldi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib, mavjud holat bilan tanishdi. Institut rahbariyati va ilmiy xodimlari bilan muammolar, ularni bartaraf etish choralari va kelgusidagi rejalar bo‘yicha suhbatlashildi.

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining asosiy tadqiqot yo‘nalishlari infeksiya kasalliklariga qarshi profilaktika, diagnostika, dori vositalari va preparatlarini yaratish, ularning ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat. Bu boradagi ishlarni kuchaytirish va rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech