Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori “Tashkent Pharma Park” klasteri hududida:
Xalqaro tajribani qo‘llagan holda innovatsion yechimlar va yuqori texnologiyalarni joriy etish orqali respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi klaster loyihasiga ko‘ra bu hududda bir butun ekotizim yaratiladi.
“Tashkent Pharma Park” klasteri hududida:
Maʼmuriy binolar
Farmatsevtika mahsulotlarini ekspertizadan o‘tkazish laboratoriyasi
“BSL-3” laboratoriyasi
Klinik tadqiqotlar markazi
Tajribaviy ishlab chiqarish liniyalari
O‘z infratuzilmasiga ega Farmatsevtika texnik universiteti (ilmiy-tadqiqot markazlari va laboratoriyalar; o‘quv-ilmiy laboratoriyalari va vivariylar; farmakopeya markazi; mehmonxonaga ega simpoziumlar markazi; talabalar, o‘qituvchilar va chet ellik xodimlar uchun turar joy; sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, suv havzasi va stadion;)
Sanoat zonasi kabilar barpo etilmoqda.
Shu bilan birga, Agentlik klaster direktsiyasi bilan birgalikda sanoat zonasiga xorijiy investorlarni jalb qilish uchun doimiy ravishda roud-shoular o‘tkazadi. Klasterning yangi tarkibiy qismlarini moliyalashtirish maqsadida xorijiy investorlarga ishlab chiqish va amalga oshirish uchun qator loyihalar taklif etiladi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori “Tashkent Pharma Park” klasteridagi jadallik bilan davom etilayotgan qurilish ishlari bilan tanishish uchun qurilish maydonlarining barini ko'zdan kechirdi. Obyektlarning har bir qavatini, jumladan tom qismini ham ko‘zdan kechirgan Abdulla Azizov bo‘lajak infratuzilma, kommunikatsiyalar va xavfsizlik masalalari borasida o‘z tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.