O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi majlislar zalida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 30 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va uning kuyi tashkilotlari xodimlari ishtirokida onlayn va oflayn formatda bir qator mavzularda davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat avvalida tadbirga mehmon sifatida taklif etilgan Toshkent farmatsevtika institutining Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchi Nilyufar Salimsakova, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Davlatimiz gerbida aks etgan tasvirlar va ularning ahamiyati mavzusida nutq so‘zladi.

Shuningdek suhbat davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konsititutsiyaviy islohotlar yuzasidan Toshkent farmatsevtika institutining Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchi Go‘zal Xoshimova, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining boshqarma boshlig‘i Sherzod Xolmatov, Zarur amaliyotlar markazi DUK Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxasis Xabib Aziza Abdulboriy qizi va boshqalar chiqish qilishdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga xalqimiz xohish va istaklaridan kelib chiqib, o‘zgartirishlar kiritilayotganining zamirida “Inson qadri uchun” tamoyili mujassam ekanligini qayd etishdi.

Tadbir yakunida yana bir mehmon Toshkent shahri Shayxontohur tumani bosh otini Feruza Sulaymanova Agentlikda tasdiqlangan odob-axloq qoidalari va insoniy fazilatlar to‘g‘risida maʼruza kildi.

Tadbirda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xodimlari yuqoridagi mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Ibragimova Muxabbat Yaxʼyayevna
Direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar

samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash
masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech