O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ekspertlari «GLOBAL PHARM» forumida ishtirok etdilar

Xabar berganimizdek, bugun Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida «GLOBAL PHARM» II Xalqaro farmatsevtika forumi o‘z ishini boshladi. 

Farmatsevtika sohasida jahoning yirik ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beruvchi mazkur forum chindan ham davlat idoralari va biznes o‘rtasida ochiq muloqot qilish uchun samarali platforma sanaladi. 

"Ostona Salomatlik - 2022" xalqaro ko‘rgazmasining ochilishi bilan boshlangan farmatsevtika forumining strategik sessiyasida ishtirokchilar eʼtiboriga onlayn va offlayn tarzda havola etilgan ilk maʼruza Qozog‘iston vakili tomonidan qilingan bo‘lib, u: “Dori vositalari aylanmasi sohasidagi davlat siyosati. Farmatsevtika bozorining barqarorligini va dorilarning yetarli darajada mavjudligini taʼminlash mexanizmlari” deya nomlandi. 

Mazkur sessiyada Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Bahodir Temirov hamda direktor maslahatchisi Muhabbat Ibragimovalar O‘zbekiston farmatsevtika sohasida so‘nggi yildarda sohada amalga oshirilgan ishlar, kiritilgan yangiliklar, tarmoqning rivojlanish istiqbollari va investitsion jozibadorligi haqida aniq raqamlar keltirilgan taqdimot bilan onlayn tarzda qatnashdilar. 

Taqdimotda keltirilishicha, xususan, 2021 yilda yurtimizda 3,2 trillion so‘m qiymatidagi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2026 yilda bu ko‘rsatkichni 8,2 trillion so‘mga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. 

2021 yilda 70 million dollardan ziyodroq qiymatdagi farmatsevtika mahsuloti eksport qilingan bo‘lsa, joriy yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni 90 million dollarga chiqarish, 2026 yilgacha esa 130 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech