O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi “Zarur farmatsevtika amaliyoti” GxP qoidalarini joriy qilish bo‘yicha rasmiy metodik qo‘llanmalar ishlab chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4554-sonli qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining ijrosi yuzasidan GxP “Zarur farmatsevtika amaliyoti” qoidalarini joriy qilish bo‘yicha Agentlikning Xalqaro standartlarni joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi va “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat Markazi” mutaxassislari bilan hamkorlikda  rasmiy metodik qo‘llanmalar yaratilib, nashr qilindi.

Mazkur qo‘llanmalar tegishli korxona va tashkilotlarga “Zarur farmatsevtika amaliyoti” qoidalarini joriy etishga ko‘maklashish maqsadida ishlab chiqilgan.

Ushbu uslubiy qo‘llanmalar :

1. “Zarur distribyutorlik amaliyoti” (GDP) – farmatsevtika maxsulotlarini ulgurji faoliyati bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan va foydalanuvchilarga Yaxshi distribyutorlik amaliyoti bo‘yicha; 

➡️ Ko‘chirib olish

2. “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti” (GMP) – dori vositalari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar mutaxassislari uchun mo‘ljallangan va foydalanuvchilarga ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha;

➡️ Ko‘chirib olish

3. “Zarur klinika amaliyoti (GCP) - shifokorlar uchun mo‘ljallangan- davolash-profilaktika muasassalari tadqiqotchilari, farmatsevtika xodimlari va foydalanuvchilarga Yaxshi klinik amaliyot bo‘yicha;

➡️ Ko‘chirib olish

4. “Yaxshi laboratoriya amaliyoti” (GLP) - ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari markazlari xodimlari va institutlari foydalanuvchilariga Yaxshi laboratoriya amaliyoti bo‘yicha.

➡️ Ko‘chirib olish

Qo‘llanmalar tegishli korxona va tashkilotlarda, hamda oliy va o‘rta mahsus taʼlim sohasida keng foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech