O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida "Afghan kart" kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Yurtimizdaga tashrif buyurgan Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya vakili "Afghan kart" kompaniyasi rahbari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida bo‘ldi.

Joriy yilning 6 iyul sanasida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda Agentlik direktori o‘rinbosari Jamshid Eshmuradov va "Afghan kart" kompaniyasi rahbari Said Muhammad Qasim Ibrohim farmatsevtika sohasida o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan muzokara o‘tkazishdi.

Muzokara davomida ikki davlat o‘rtasida farmatsevtika sanoatidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish, Afg‘onistoning Qobul hamda Mozori-Sharif shaharlarida Farmatsevtika hamda eksportyorlarning markazlashgan sanoat mahsulotlarini yetkazib beruvchi savdo uylarini tashkil etish choralarini ko‘rish hamda Afg‘onistondagi Davlat xaridlari masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech