Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Qozog‘istonning “Dolce” ishlab chiqaruvchi kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Qozog‘istonning “Dolce” ishlab chiqaruvchi kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dastlab agentlik direktori A.Azizov yig‘ilish ishtirokchilarini Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyati bilan tanishtirdi. Shuningdek, O‘zbekistonda yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit, investorlarga beriladigan imtiyoz va preferensiyalar haqida taqdimot o‘tkazib, FARM EIZ hamda “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirdi.
Tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, ularni chakana savdo bozoriga hamda davlat xaridlariga olib chiqishdagi kompaniya tajribasi bilan bo‘lishdi va mavzularga oid prezentatsiyasini taqdim etdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika sohasiga yana bir investitsion loyihani kiritish istiqbollari, yurtimizda ulgurji-savdo korxonalari va investorlarni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan dasturlar, tibbiy buyumlar aylanmasi nazorati masalalari ham muhokama qilindi hamda yurtimizda tibbiy buyumlarni hamkorlikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun mahalliy farmkompaniyalar orasidan potensial hamkorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.