O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2022 yil 11 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi onlayn va oflayn formatda bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi depututlari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Prezidentimizning 2022 yil 28 yanvardagi “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarning kelgusi 5 yillikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlari yuzasidan axborotlar tinglandi.

Tadbirda ishtirok etgan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Temirov, Farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga mo‘ljallangan 5 yillik dastur shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi PF-55-son Farmonida belgilangan respublikaning kelgusi 5 yillikdagi farmatsevtika sanoatining asosiy yo‘nalishlari hamda 2022-2026 yillarda sohada erishiladigan natijalar haqida maʼruza qildi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da mamlakatimizni rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida 100 ta maqsadga erishish nazarda tutilgani va bu yo‘nalishlardagi muhim vazifalar borasida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech