O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

GDP bo‘yicha xalqaro ekspert mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun seminar o‘tkazmoqda

19-20 aprel kunlari Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazida “GDP asoslari” mavzusida farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi mahalliy korxonalar mutaxassislari uchun seminar-trening o‘tkaziladi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yana-da jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 10 apreldagi PF-5707-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “Farmatsevtika sohasiga zarur amaliyotlar (GxP) talablarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019 yil 18 sentyabrdagi 788-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Xalqaro standartlarni joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashabbusi bilan uyushtirildi.

GDP asoslari masalalariga bag‘ishlangan seminar-treningni Qozog‘iston Respublikasining “QPM” korxonasi mutaxassisi,  GDP bo‘yicha xalqaro ekspert, jarayonli boshqarish va menejment tizimi standartizatsiyasi bo‘yicha maslahatchi, Rossiyaning “GDPPut” kompaniyasi eksperti Aleksey Xilyuk o‘tkazadi. Unda o‘ndan ortiq mahalliy korxonalarning 25 nafar mutaxassisi ishtirok etadi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech