O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

"Global Pharmaceutical Leaders' Club" sizni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi ko‘magida bo‘lib o‘tadigan IV Yevrosiyo farmatsevtika sammitiga taklif etadi

"Global Pharmaceutical Leaders' Club" sizni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi ko‘magida bo‘lib o‘tadigan IV Yevrosiyo farmatsevtika sammitiga taklif etadi. Sammit gibrid formatda 26-28-sentabr kunlari Samarqandda oflayn qismi bilan o‘tkaziladi. Bu Markaziy Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropa mamlakatlari farmatsevtika bozorlarining rivojlanish tendentsiyalarini har tomonlama qamrab olgan yagona konferensiyadir. Oflayn sammitda 10 mamlakatdan farmatsevtika bozorining 250 dan ortiq yetakchi mutaxassislar va tartibga soluvchilar, farmatsevtika ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, distribyutorlar va dorixonalar tarmog‘idan 100 dan ortiq ma’ruzachilar ishtirok etadilar. Sammit dasturi 20 dan ortiq sessiyalarni o'z ichiga oladi, unda tartibga solish siyosati, davlat xaridlari, yorliqlash, narxlash, sotish, marketing va dori vositalarini ishlab chiqarish masalalari muhokama qilinadi. Nazorat qiluvchi organlar ishtirokida davra suhbatlari va yetakchi farmatsevtika kompaniyalari top-menejerlari bilan birga-bir uchrashuvlar o‘tkaziladi. Sammit doirasida ilk bor Samarqand shahridagi dori vositalari tarqatish markazlari va dori ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashriflar tashkil etiladi. Yevrosiyo farmatsevtika sammiti doirasida "Eurasian Pharma Awards" tanlovi 4-marta o‘tkaziladi, unda xalqaro va mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari, distribyutorlari va dorixonalar tarmoqlari ishtirok etishga taklif etiladi. Sammit haqida batafsil ma'lumot veb-saytda: https://eurasianpharmasummit.com/en. O'zbekiston kompaniyalari uchun ishtirok etish uchun chegirma taklif etiladi. Barcha savollar boʻyicha Sayyora Ziyayevaga telefon yoki Telegram +998 93 398 60 61, s.ziyaeva@iventu.co.uk elektron pochta orqali murojaat qilishingiz mumkin.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech