O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Hindiston va O‘zbekiston hamkorligi

 

Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida farmasevtika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov Hindistonning yana bir "Religare Enterprises Limited (REL)" investision va moliyaviy holding kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida Agentlik direktori yurtimiz farmasevtika bozorining joriy holati haqida ma’lumot berib, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish uchun eng istiqbolli yo‘nalishlarni qayd etdi. O‘zbekiston farmasevtikasining bugungi holati, sohaga investisiya kiritish shartlari, yurtimizda horijiy kompaniyalarga yaratilgan imkoniyatlar, yengillik va imtiyozlar masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

Kompaniya vakillari O‘zbekiston farmasevtika sohasiga sarmoya kiritish, sheriklik hamda o‘zaro foydali va manfaatli hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilganligini ma’lum qildilar. Shuningdek, uchrashuv davomida hamkorlik istiqbollari va O‘zbekistonda biznes imkoniyatlari muhokama qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech