O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Hindistonlik investor mamlakatimiz Prezidentiga “Dorivor oʼsimliklar yetishtirish boʼyicha plantatsiyani barpo etish” loyihasini taqdim etdi

Respublikamiz hududlarida farmatsevtika sanoatida xalqaro xamkorlikni yanada kengaytirish, toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarnii jalb etish maqsadida, 2018 yil noyabrь oyida MChJ "NovoFarm" Oʼzbekiston-Hindiston qoʼshma korxonasi tashabbusi bilan Surxondaryo viloyatida “Boysun farm” erkin iqtisodiy zonasida sarmoyaviy loyihani amalga oshirishga bel bogʼlangan edi. Besh bosqichdan iborat boʼlgan ushbu loyiha qiymati 10,0 mln. АQSh dollariga teng.

Mamlakatimiz Prezidentining joriy yil 1 mayda Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chogʼida xorijiy investor mazkur loyihaning ikki bosqichi, yaʼni qattiq va suyuq turdagi dori vositalari shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarish samarali natijalar bera boshlagani borasida loyiha taqdimotini oʼtkazdi.

Shu bilan bir qatorda, qoʼshma korxona navbatdagi bosqichda kukun shaklidagi inʼektsion dori vositalarini hamda, dorivor oʼsimliklar asosida galen preparatlarini ishlab chiqarishni ham yoʼlga qoʼyishni rejalashtirgan. Buning uchun esa dorivor oʼsimliklarni yetishtirish va ularni qayta ishlashni yoʼlga qoʼyish zarur.

Shu maqsadda, Hindistonlik investor mamlakatimiz Prezidentiga “Dorivor oʼsimliklar yetishtirish boʼyicha plantatsiyani barpo etish” loyihasini ham taqdim etib, dorivor oʼsimliklar yetishtirishga moʼljallangan, sugʼoriladigan lalmikor yer maydonlaridan 10 gektarini ajratib berish taklifini ilgari surdi. Mazkur loyihani toʼliq ishlab chiqish, amalga oshirish, investorga koʼmaklashish Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish Аgentligi raxbari Sardor Kariev zimmasiga yuklatildi.

Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish Аgentligi matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech