O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Insulin ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda

Yaqinda Rossiyaning “GEROFARM” va O‘zbekistonning “ZUMA PHARMA” kompaniyalari o‘rtasida  mamlakatimizda analog va inson insulinini ishlab chiqarish texnologiyasini joriy qilish to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.

Hujjat doirasida Rossiya kompaniyasi insulin analoglari —glargin, lispro va ikki fazali lisproning biosimilyarlarini shpris qalamlari va kartridj shaklida ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zbekistonlik hamkorlariga yetkazadi.  Bundan tashqari, qisqa va o‘rta taʼsirli inson insulinlari hamda ikki fazali kombinatsiyalangan preparatni mahalliylashtirish rejasi ham bor. Shu maqsadda 2023 yil davomida O‘zbekistonning “ZUMA PHARMA” kompaniyasida ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlash ishlari amalga oshiriladi va texnologiyalar yetkazilib o‘rnatilishi, transferi yo‘lga qo‘yiladi.

Rossiyaning “GEROFARM” kompaniyasi O‘zbekiston kompaniyasiga biosimilar ishlab chikarish texnologiyasining quyish, qadoqlash va sifatni nazorat qilish bosqichlarini takdim etadi. Shu bilan birga, ushbu hamkor korxona qo‘shma mahsulot ishlab chiqarishda kerak bo‘ladigan faol farmatsevtik ingrediyentlarni, bir martalik shpris qalamini yig‘ish uchun zarur komponentlarni, shuningdek, qayta ishlatiladigan shpris qalamlarini yetkazib berishni davom ettiradi.

— O‘zbekiston boshqa davlatlar bilan tibbiyot sohasida hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Rossiya bu yo‘nalishdagi ilmiy hamkorimiz ekanidan xursandmiz. Imzolangan bu kelishuv biz uchun bemorlar hayotini saqlab qoladigan dori bilan ta‘minlash yaxshilanishi nuqtai nazaridan nihoyatda kimmatlidir. Shu bilan birgalikda, dori vositalarini kooperatsiya asosida ishlab chiqarish import mustaqilligiga erishish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi, — deb taʼkidladi  O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech