O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda uning tizimidagi Raqamli transformatsiya markazi tomonidan har yili respublikaning barcha hududlarida kooperatsiya sanoat yarmarkalari o‘tkazib kelinadi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda uning tizimidagi Raqamli transformatsiya markazi tomonidan har yili respublikaning barcha hududlarida kooperatsiya sanoat yarmarkalari o‘tkazib kelinadi.

Ayni damda Sirdaryo viloyatida “Kimyo sanoati, charm-poyabzal, to‘qimachilik, qurilish materiallari, mebelsozlik va farmatsevtika sohalariga ixtisoslashgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ” bo‘lib o‘tmoqda.

“Sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar vakillari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Jumladan, "Rekomed pharm", "Sarbon teks",  "Baxteks-pharm",  "Dentals pharma",  "Rivermed pharm", "Cetgut-silk" kabi farmatsevtika kompaniyalari. Yarmarkaning ochilish marosimidan so‘ng Sirdaryo viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev , vazirlik va idoralar mas’ullari Farmatsevtika mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdilar.

Tarmoqlararo sanoat yarmarkalari yirik, o‘rta va kichik biznes vakillariga ko‘rgazma maydonlarida o‘z mahsulotlarini namoyish etish, hamkorlarni topish, B2B va B2G formatidagi uchrashuvlarni o‘tkazish,  shuningdek, new.cooperation.uz elektron kooperatsiya portali orqali shartnomalarni tuzish imkonini beradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech