O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“IRANPHARMA” 2022 VII Xalqaro farmatsevtika ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Joriy yilning 10-12oktyabr kunlari Tehron shahrida Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida “IRANPHARMA” 2022 VII Xalqaro farmatsevtika ko‘rgazmasi o‘tkazilishi belgilangan.

Ko‘rgazmada dunyoning 600 dan ortiq kompaniyalar ishtiroki kutilmoqda. Jumladan, tadbirda dori vositalari,tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, fitopreparatlar, biofaol moddalar, farmatsevtikada ishlatiladigan qadoqlovchiva bosma uskunalari, oziq-ovqat va ozuqa qo‘shimchalarini ishlab chiqaruvchilari hamda distribyuter korxonalar qatnashadi.

Ko‘rgazma davomida B2B formatidagi jarayonlar, panel uchrashuvlari, investitsion loyihalar yaratishga oid muhokamalar hamda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi muzokaralar o‘tkazilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mazkur tadbirlarni tashkillashtirish va yangi hamkorlarni topishda Erondagi O‘zbekiston elchixonasi bilan birgalikda amaliy yordam ko‘rsatadi.

Ushbu tadbirda ishtirok etish bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni www.iphexpo.com saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon:
+998909035750; +998951455750

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech